Svetafor. sherlar, svetafor haqida sher,

Svetofor
Bizlni derlar svetafor,
Chiroqlarim porlaydi,
Biz bor joyda tartib bor,
Xushyorlikka chorlaydi.
Qizil ko’zim yonganda,
To’xtab turgun shoshmagin,
Sariq ko’zim yonganda,
Yulga xozirlik ko’rgin.
Yashil ko’zim yonganda,
Sizga yulni chorlaydi,
Uchalamiz bor joyda,
Xavf xatar xech bo’maydi.
✍️: Islomova Mukambar
svetofor
Qizil ko’zim yonganda,
«To’xta» deyman bolajon.
Qizil, qizil, qizil rang,
Sizni to’xtatdi qarang.
Mening ismim yo’lchiroq,
Chiroqlarim porlaydi.
Kuzlarimga qarab boq
Xushyorlikka chorlaydi
SVETOFOR
Bog’cha opam o‘rgatgan
Qoidani bilaman,
Svetafor bizga do‘st
Tartib bilan yuraman.
Qizil ko‘zi porlasa yo‘l yopildi kutaman,
Sariq ko‘zi porlasa bir oz kutib turaman.
Yashil ko‘zi porlasa yo‘l ochildi yuraman.
svetofor
Men agarda yonsam qizil,
Yo’lda aslo qilmang hazil.
Taqqa to’xtang, shosha ko’rmang,
Joyingizdan aslo jilmang.
Sariq ko’zim chaqnaganda,
Xushyor bo’ling o’sha onda,
Qolmangiz deb mahtal bo’lib,
Yashil ko’zim chaqnar kulib.
O’tavering , yo’l keng ochiq,
Turay sizga shula sochib.
Porloq bo’lsin yo’llaringiz,
Nurga to’lsin dillaringiz.
Svetofor.
Qizil ko’zim yonganda
To’xtab turgin shu damda.
Aslo shosha ko’rmagin
Men yonsam yurmagin.
Sariq ko’zim chaqnasa
Xushyorlik sizda bo’lsa.
Ogoh bo’lib turingiz
Porlab turar yulingiz.
Yashil ko’zim yonganda
Yullar ochiq shu damda.
Oq yul tilaymiz sizga
Raxmat ayting so’ng bizga.
✍: Islomova Mukambar