bahor fasli yosharish fasli, bahor haqida sherlar to’pladik
Bahor fasli va Navro‘z haqida top sherlar
Kirib kelgach ko’klamoy,
Tabiat ochdi chiroy.
Har yon gul-u lolalar,
Quvonishar bolalar.
Dugonajon kelaqol,
Gulchambarlar taqamiz.
Qo’lingni ber qo’limga
Yur, qirlarga chiqamiz.
Navro’zim
Bog’lar-daraxtlarniki,
Tog’lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida,
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.
Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.
bahor haqida bolalar sherlari
Ko’k somsa
Kelganda Navro’z,
Ismaloq, yalpiz
Terib biz – uch qiz,
Keltirdik uyga.
Suyib o’pdilar.
Oyim chopdilar.
Somsa yopdilar.
To’ydik hushbo’yga.
Qilib bir mazza,
Yedik ko’k somsa.
Der ukam Hamza:
– Uy o’xshar to’yga.
bolalar uchun bahor sherlari
navroz sherlar
Kelar navro’z
Shamol ila maysalarni oralab,
Daraxtlarda kurtak chiqar mo‘ralab.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi.
Naqorat:
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navro‘z.
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navro‘z.
Soch popuklar qilib dona bolalar,
Xursand bo‘lib qushlar qilar nolalar.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Hush kelding Bahor, xush ko’rdik Navro’z.
Bayramingiz muborak.
Yurtim!
Ilhomimga sarchashma o‘zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aymoqchiman,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O‘z Tug‘ro, Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.
Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
navro‘z haqida ruscha sherlar
Наступил Навруз Байрам,
Я желаю счастья вам,
Процветанья год от года,
Колоссального дохода,
И поддержки от знакомых,
И любви под крышей дома,
Понимания, достатка,
Жизни радостной и сладкой!
Пусть Навруз подарит счастье,
Позовёт весну домой,
Процветанием жизнь украсит,
Дарит радость в день любой!
Пусть тепло на сердце будет,
Улыбаются друзья,
Мир в семье всегда пребудет,
Чтоб родных объединять!
Пусть Навруз Вам принесёт,
Как весенний Новый год,
Много счастья и добра,
Веселья, радости, тепла.
Позитива, процветания,
Взаимности и понимания.
Достатка и благополучия,
Всего Вам наилучшего!
Bahoroy xush kelibsan!
Bog‘larda sayrab bulbul,
Chakkalarga taqib gul.
Yomg‘irlar yog‘ib mo‘l~ko‘l,
Bahoroy xush kelibsan!
Daraxtlar gullab chaman,
Hammayoq maysa ko‘klam.
Tog‘lar misoli gilam,
Bahoroy xush kelibsan!
Doshqozonda sumalak,
Qo‘shnilar berib ko‘mak.
Qozon kovlar jonsarak,
Bahoroy xush kelibsan!
Hammamizni jam qilib,
G‘amlarimiz kam qilib.
Buvim ko‘zin nam qilib,
Bahoroy xush kelibsan!
Tabiatni o‘yg‘otib,
Dehqonlarni quvnatib,
Yerga baraka sochib,
Bahoroy xush kelibsan
Keldi Bahor gubahor
Gul lolalar ochildi
Sochpopuk taqib qizlar
Gul Navro’zga shoshildi
Kelar navro’z
Shamol ila maysalarni oralab,
Daraxtlarda kurtak chiqar mo‘ralab.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi.
Naqorat:
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navro‘z.
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navro‘z.
Soch popuklar qilib dona bolalar,
Xursand bo‘lib qushlar qilar nolalar.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi.
NAVRO’Z
Navro’z keldi elimga,
Navro’z – yangi kun demak.
Dilso’z keldi tilimga:
– Bu yangi kun muborak!
Navro’z keldi elimga,
Ko’m-ko’k bo’ldi dala bog’.
Quvonch to’ldi dilimga.
Yur o’ynaymiz, ey o’rtoq.
Navro’z keldi elimga,
Yana chiqar kamalak.
Kapgir tutib qo’limga
Men qo’zg’ayman sumalak.
Navro’z keldi elimga,
Yayrab ketdi jon, tanim.
Dilso’z keldi tilimga:
– Gulla, yashna Vatanim!
Navro’z
Keldi bahor – fasllar malikasi,
Zamin uzra yellarning tozasi.
Qadimdan kelgan andozasi,
Taraldi bayram ovozasi,
Yangrar Navro’z taronasi.
Kel-kel bahor, qalblarga quvonchni to’ldirib,
Yana takror qo’shiq yangrar yurakdan jo’sh urib.
Go’zal yurt, chamanzor, jon onam,
Xush kelibsan, Navro’zi olam.
Ko’k somsa, chuchvarayu sumalak,
Keldi Navro’z – yangi kuningdan darak.
Go’zal yurt osmonida kamalak,
Bayramning bayram ovozasi,
Yangrar Navroz taronasi.
Kel-kel bahor, qalblarga quvonchni to’ldirib,
Yana takror qo’shiq yangrar yurakdan jo’sh urib.
Go’zal yurt, chamanzor, jon onam,
Xush kelibsan, Navrozi.
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Binafsha – yu bo‘tako‘z
Lola tutib qo‘limga
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Olam – jahon gullardan
Quvonch solib dilimga.
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Aziz mehmon keldi deb
Gullar sochay yo‘lingga.
bahor sherlari
Tilayman gullarning iforlarini,
Salobatli tog‘lar viqorlarini
Unuting dunyoning g‘uborlarini
Navro‘z ayyomingiz muborak do‘stlar!
Momom To‘marisning ahdlari Sizga
Amir Temur shiddati, shaxdlari Sizga
Yor bo‘lsin bu olam baxtlari Sizga
Navro‘z ayyomingiz muborak do‘stlar!
Ko‘zlarga suraylik Navro‘zimizni
Tilaylik Ollohdan rizq – ro‘zimizni
Olqishlab qo‘yaylik o‘z – o‘zimizni
Navro‘z ayyomingiz, muborak do‘stlar!
bahor fasli
Bahor.
Iforlaring sog’indim, bahor,
Jilg’alaring shildirashini,
Sof havoga limmo-lim nahor,
Yaproqlarning shivirlashini.
Nurlaringni sog’indim, bahor,
Zumda osmon gumburlashini,
Ko’kda chaqnar, yarqiroq chaqmoq,
Yomg’ir, jala sho’x kuylashini.
Ne’matlaring sog’indim,bahor,
To’rt yon to’lgan somsa bo’yiga.
Sumalaklar to’la doshqozon,
Xalqim shoshar Navro’z to’yiga.
Qushlaringni sog’indim, bahor,
Musichalar ku-kulashini,
Bo’g’otda in qo’ygan qaldirg’och,
Chumchuqlarning chg’urlashini.
Hislaringni sog’indim, bahor,
Muhabbatga to’la ko’ngillar,
Sof tuyg’ular ko’zlarda oshkor,
Bir-biriga talpinar dillar.
Chor atrofga sep yoygan ko’klam,
Qish g’uborin quvadi dildan.
Kelinchakka o’xshaydi o’lkam,
Go’zallikka, nurga yo’g’rilgan.
Kel, o’zingni sog’indik , bahor !!!
Muallif: Dilfuza Xalilova
navro’z bayrami sherlar
Navro’z qo’shig’i
Boychechak chiqibdi , bugun Navro’z ekan!
Hamma bir-biriga jigarso’z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan,
Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin, hoy bobo!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin, hoy momo!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin, hoy Ona!
Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan!
Hoy, bog’bon bobo, niholga bersin Baraka!
Hoy, dehqon bobo, dalangga bersin Baraka!
Hoy, cho’pon bobo, qo’rangga bersin Baraka!
Boychechak chiqibdi , bugun Navro’z ekan!
Zo‘r ekan
Yana sherlari qo‘shinglar iltimos