Biz yosh sportchilarmiz”.(Tayyorlov guruhlari uchun sport ko`ngilochar ssenariysi

(Musiqa sadosi ostida bolalar sport kiyimida zalga kirishadi)
Boshlovchi:
Assalom, bolajonlar,
Shirintoy, qaqajonlar!
Siz istiqlol erkasi,
Yurtimizning ertasi.

Soglom, barkamol avlod, Hur Vatanda erkin, shod. Unib, osgan, ulgaygan, Vatan mehrin ilgagan.

Konglimiz muddaosi, Doimo soglom boling. Botir boling, pahlavon,
Faxr etsin O`zbekiston!

Assalomu – alaykum aziz bolajonlar. Bugun siz bilan uchrashishga Polvonjon va Soglomjon mehmon bolib kelgan.
(Musiqa sadosi ostida Polvonjon va Soglomjon kirib keladilar, salomlashadilar). Polvonjon: Salom bolajonlar! Siz osib, ulgayib, pahlavon bolishingiz, el yurtga posbon bolishingiz kerak. Soglomjon: Buning uchun siz avvalambor soglom bolishingiz kerak. Soglom bolish ucnun tozalikka rioya qilishingiz kerak.
Qanday yaxshi, bolalar,
Tozalik, orastalik.
Go`zal xulq, odob bilan,
Hamisha payvastalik.

Sahar turib uyqudan,
Muzday suvda yuz yuvmoq.
Qiziguncha to badan,
Yo`lakchada yugurmoq.

Polvonjon: “Bir-ikki” – deb egilib,
Mashqlar qilsangiz yana,
Shahd bilan ko`krak kerib,
Yursangiz yayrar tana.

Ozoda-yu orasta,
Ko`rkam bo`ling, sog` bo`ling,
Ko`rgan bo`lsin havasda,
Doim kongli chog` bo`ling!

Boshlovchi: Bizning bolajonlar kelajakda mashhur sportchi bolishmoqchi. Chunki sport salomatlikni mustahkamlash bilan birga har qaysi davlatni olamga mashhur qiladi. Buning uchun Bolajonlarimiz qanday tayyorgarlik korayotganliklarini namoyish etadilar.
(Musiqa sadosi yangraydi, davraga chavandoz, kurashchi, polvon kiradi )
Bola: Ot yeldirsa chavandoz,
Kimlar qilmaydi havas.
Uloq, ko`pkari, poyga,
Bizlarga otameros.

Alpomish bobomizning
Boychibori bizlarda.
G`ayrati, shijoati,
Nomus – ori bizlarda.

Tarab tulpor yolini,
To`siqlardan o`tgaymiz.
Ko`zlab yurt iqbolini,
Maqsadlarga yetgaymiz!

Bola: Kurashimiz dovrugsoldi, Butun jahonga. Olam ahli ofarin der, Golib polvonga.

Yelkamiz yerga tegmas,
Biz botirtoylar,
Shon-u sharaf keltiramiz,
O`zbekistonga!

Bola: Polvonlar, hoy polvonlar,
Eldan olqish olganlar,
Qudratingiz siri ne?
So`rar hayron qolganlar.

Polvonlar der: - Kuch berar,
Ona diyor tuprog`I,
Hilpirab tursa agar,
Dilda Vatan bayrog`i.

Yurtning sha’n, dovrug`in deb
Tushsa agar maydonga.
G`oliblik toji nasib 
Bo`lar o`sha polvonga!

Polvonjon: Barakalla, bolajonlar! Yurtimiz iste’dodli farzandlari bilan, ularning sport maydonlaridagi katta yutuqlari bilan faxrlanadi. Siz sportchilardan kimlarni bilasiz?
(Sportchilarning suratlarini kotarib musiqa sadosi ostida bolalar chiqishadi) Bola: Hasanboy Dostmatov.

Bola: Bektemir Meliqo`ziyev.

Bola: Fazliddin G`oyibnazarov.

Bola: Shaxram G`iyosov.

Bola: Ruslan Nuriddinov……

Soglomjon: Barakalla, siz ham sport bilan chin dildan shugullansangiz, albatta chempion bolasiz. (Musiqa yangrab davraga gimnastikachi, tennischi, langarchi qizlar qollarida she’rga oid jixozlar bilan kirishadi).
Bola: Langar chopdan madad olib, Kokka sakraymiz.
Balandlikni zabt etamiz,
Tikka sakraymiz.

Landovur va lapashanglar

Bizga do`st emas.
Biz hamisha epchil, chaqqon
Mardni yoqlaymiz.

Bola: Tennisning barcha turi,
Bizlar uchun qadrdon.
“Prezident turniri”,
Dunyo bo`ylab topgan shon.

Hozircha bizlar voris,

Zafar quchgan avlodga.
Bahsga chorlar kordimiz,
Keling O`zbekistonga!

Bola: Gozallik, nafosat Bu – gimnastika. Korkamlik, nazokat
Bu – gimnastika!

Chapdastlik, chaqqonlik,
Gimnastikadir.
Zukko va epchillar,
Topajak qadr!

Gimnastikachi raqsi.

Soglomjon: Oyinlarning xili kop Harakatli, ta’sirchan. Ba’zan yolgiz, ba’zan top, Bahsga tushamiz chechan. Polvonjon: “Oq terakmi, kok terak”,
“Quvlashmachoq” yo “Beshtosh”,
Hammasi birdek kerak,
Salomatlikka yoldosh. Boshlovchi: Yurtimizda el sevgan, Oyinlar kop olqishda. Keling birga oynaymiz,
Bir bellashib ko`ramiz.

O`yin: “Arqon tortar”.

(Davraga mergan, yengil atletikachi, shaxmatchi, qilichboz kiradi).
Bola: Mohir mergan togri olar
Mudom nishonni.
Tiyrakligi, zirakligi
Baxsh etar shonni.

Korgan qoyil qolar doim, “Balli, mergan!”, - der. “Oz ishiga chin yurakdan
Mehrin bergan”, – der.

Bola: Yengil, yengil deydilar,
Yengil emasdir zinhor.
Yengil atletikada,
Og`ir jihatlar bisyor.

Sakrash, yugurib – yelish,
Yo yadro uloqtirish.
Marafonda shamoldek,
Marraga yetib kelish.

Uzoqlikka, balandga,
Sakrash-u kross – bari,
Bilsangiz, bolajonlar,
Shu sport talablari….

Bola: Shaxmatni qadim bizda
Shatranj degan ekanlar.
Oyinmas, aqlimizga Qoshilgan ganj deganlar.
Bu oyinni shohlar-u Fuqaro birdek suygan. Saroy-u otovlarda,
Hamma birdek zavq tuygan.
Ozbek og`li Rustambek,
Jahonning chempioni.
Shaxmat tojini kiydi,
Qoyil qilib dunyoni.

Bola: Qilichbozlik kohna, qadim, Ermak emas. Qilichbozlik – har yigitga Kork-u havas.
Bugun esa sportning bu
Go`zal turi,
Barchasidan qiziqarli
Va mashhuri.

Soglomjon: Sportni suyib jondan, Bardam, salomat boling.
Polvonjon:
Bahra olib har ondan,
Oqil, alpqomat bo`ling!

Keling bolajonlar, bir oyin oynaymiz. (O`yinning shartini tushuntiradi).

Oyin: “Kim chaqqon”

(Davraga futbolchi, xokkeychi, velopoygachi kiradi).
Bola: Xokkeyni kim bilmaydi,
Kim ham havas qilmaydi?!
Egri gavron suyanib,
Muz ustida sirpanib,

Shaybani olib chaqqon,
Raqibni qilib hayron,
Darvozasiga simtor, Gollar ursang – qanday zor!

Qayga borsang – sen mashhur,
“Yashavor, qandingni ur!”
Chet elliklar der: “O – key!”
Hammasidan zo`r xokkey!

Bola: Velosiped deganlari –
Uchqur ot ekan.
Velosport – hech tehgi yo`q
Bir hayot ekan.

Qoshgildirak sohiblari
Velopoygada.
Kerak bo`lsa chiqib kelar
Hatto Oyga – da.

Bu poyga hech tinim bilmas,
To`xtamas bir zum.
Manzillari olis – olis,
Parij, London, Rum….

Bola: Sport – tinchlikka posbon,
Futbol esa qanotdir.
Unda muxlis keng jahon,
Zavqidan dillar shoddir.

Futbol bilan dunyoga,
Tanilgan ne ellar bor.
Yurt sharafin oqlagan,
O`t yurakli sherlar bor.

Futbolni sevar bizda,
Barcha ota – onalar.
Chiqsin, der o`zimizdan,
Pele, Maradonalar!

Soglomjon: Jasur bolmoq uchun doim
G`ayrat kerakdir.
Kuch kerakdir, jur’at kerak,
Yurak kerakdir.

Polvonjon:
Jism-u jonim sog- omon, Bolsin desang gar,
Bilgin, dostim, salomatlik – SPORT demakdir! Shunday dovyurak bolajonlarga bizning ajoyib sovgamiz bor. Qani saflaning.

(Musiqa sadosi yangrab bolalar yarim aylana bo`lib turadilar. Ragbat sifatida barcha ishtirokchilarga medallar topshiradilar).

Bolalar:
Biz hali sizni kop, Hayron qilamiz. Elimiz dovrugin
Doston qilamiz!

“Biz yosh sportchilarmiz”.
(Tayyorlov guruhlari uchun sport ko`ngilochar ssenariysi)