Bolalar uchun qisqa sherlar to‘plami

5ta #markaz uchun #sher bor .Mana

1,»Til va nutq markazi» da
O’rganamiz harflarni,
Bog’chamizning o’zida
O’qiymiz so’z, gaplarni.

2,»San’at markazi bizga,
O’rgatar rasm chizish.
Va uni bo’yab sizga,
Chiroyli taqdim etish.

3,Qurish – yasash markazi,
Aqlimizni charxlaydi
Misol- masala yechish,
Bellashishga o’xshaydi.

4.Syujetli- rolli o’yin,
Va sahna markazimiz.
Juda qiziq va mazza,
Birga rol o’ynashimiz.

5, Fan va tabiat nomli,
Markazda mashq betakror,
Tabiatning in’omi,
O’rganamiz sir-asror.

ULOQCHA

Sakrab yurar uloqcha,
Bo’ynida qo’ng’iroqcha.
Uloqchaga suv berar
Tol tagida buloqcha.
Uloqchaning fe’lidan
Qo’rqib turar nihollar.
Sindirma deb niholni,
Quvlab qolar shamollar
Qarang echki xolani
Shoxini, suzib kelar.
Dikirlama, uloqcha,
Bebosh-u bequloqcha!
Yaxshi gapga kirmasang,
Suv bermaydi buloqcha!

LAYLAK

Laylakning bo’yi novcha,
Tumshug’ bor tarnovcha
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan ko’chganda.
Uzun ekan oyog‘i,
Xuddi cholning tayog’i,
Qanoti ola ekan,
Sayrashga balo ekan.

KЕМАЧА.

Насиба Эрхонова

Оқ кемачам оқади,
Сув юзида сузади.
Унга чизган қасрчам
Эриб, дунё кезади.

Кемачамнинг ичида
Орзуларим оқади.
Дўстим, айт-чи, кемачанг
Қаерларда сузади

Менинг кемам шу юртда,
Сузар эркин қуш бўлиб.
Шу Ватаннинг сувида,
Югуради жўш уриб


Oyijon

Mening aziz onajon,
Qo’llaringiz mehribon.
Menga alla aytib siz,
Baxtli qilasiz har on

BINAFSHA

Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergani.
Men ham terdim bir dasta
Onamizga bergani.

Ona duosi

Bu dunyoning xilqati ayol,
Ma’no birla hikmati ayol
Odamzotga tilagi iqbol
Ko’rmay desang umringda zavol
Sen onalar duosin ol

Kitob

Kitob-oftob, kitob-muallim,
Kitob qalbga yaqin birodar
Dur topaman o’qigan sarim
Bebaho boylikka barobar
Varaqlanar qayta qaytadan
Kitob so’ylar rostgo’y ertaklar
Yoxud sohir she’rlar aytadi
Titilib ketadi yuraklar
Udir ko’ngil tarbiyachisi
Unda jamdir jami malohat
Bir boshlansa yo’q nihoyasi
Kitob dunyosiga sayohat
Dunyodoshim tingla tilagim
Nihol dillar senga o’xshasin
Har insonning chap ko’ksidagi
Oltin kitob mangu yashasin

ONA ONA-DA

Ko’ringanga
Toshbaqaxon
O’g’ilchasin
Maqtar chunon:
— Bolaginam,
Oydakkina,
Gijinglagan
Toydakkina.

Lola

Lola, lola, lolajon
O’sar joying dalada.
Juda yashnab ketasan,
Yomg’ir yoqqan pallada.
Ko’klamoyim kelganda
Yashnab turgin, lolajon.
Yuzingga yuzin bosib,
Husn olsin bolajon.

Kitob – mening do’stimsan.

Kitob olsam qo’limga,
Nur taralar yo’limga,
Ziyo bergan dilimga,
Kitob – mening do’stimsan
Kitob – aslida oftob,
Ziyo ulashar har tob.
O’rgatding bizga odob,
Kitob – mening do’stimsan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan