bolalar uchun ajoyib sherlar to’plami, Biz baxtiyor bolamiz, Kamalak

bolalar uchun ajoyib sherlar to’plami, Biz baxtiyor bolamiz, Kamalak, sher

Biz baxtiyor bolamiz


Bizlar butun dunyoda,
Eng baxtiyor bolamiz.
Zamonaviy bogʼchada,
Biz tarbiya olamiz.

Bogʼchamizda turli xil,
Oʼyinchoqlar juda koʼp.
Barchamiz shodon, axil,
Oʼynaymiz. quvnaymiz xoʼp.

Bogʼcha opa odatda,
Bizga juda mexribon.
Betob boʼlsak, albatta,
Parvona boʼlar shu on.

Аna shunday, dunyoda,
Biz baxtiyor bolamiz.
Kelajakda vatanga,
Sodiq farzand boʼlamiz!

***

 Kamalak



Eshitardim kamalak soʼzin,
Koʼrmagandim «yaqinroq» oʼzin.

Yomgʼir quydi bir kuni rosa,
Yogʼa-yogʼa tinganda esa,

Paydo boʼlib koʼkda kamalak,
Goʼzallashdi koʼzimga falak.

Diqqat bilan bunday qarasam,
Yetti xil rang unda mujassam.

Quyosh botdi. Soʼndi kamalak,
Goʼzalligin yoʼqotdi falak.

Shunda borliq tiz choʼkib tunga,
Butun olam boʼysundi unga.

Yakun yasab totli tuygʼuga,
Kamalak xam ketdi uyquga!».

***

МАНМАН ҚУЁНВОЙ



—  Дўст бўламиз, кел деди,
Типратикон қуёнга.
—  Била туриб айбингни,
Қўл берайми,тиконга?
—  Бермайман сенга озор
Бўламиз аҳил-иноқ.
—  Хафа бўлма,оғайни,
Рози бўлмасман, бироқ.
Орадан кунлар ўтиб,
Қуён бўпқолди касал.
Типратикон эшитиб,
Кўнгли хира бўлди,сал.
Дарҳол сабзи кўтариб,
Борди унинг ёнига.
Ҳол-аҳволини сўраб
Оро кирди жонига.
Қуёнвой мулзам бўлди,
Ниш санчилиб тиғига.
Узр,сўраб дўстидан,
Аста босди бағрига.

***

ГИЛОС ПИШГАНДА

***



Сархил мевалар каби
Боғимда пишди гилос.
Саватларни тўлдириб, 
Юргин, терайлик, Гулноз.
Қарагин, бизни сийлар,
Олтин ёз саховати.
Мафтун этмайин қўймас,
Бу боғлар таровати.
Кирайлик Гулноз боққа,
Гилосдан кўп терайлик.
Чорлаб дугоналарни,
Бир зиёфат берайлик…

НОИЛОЖ



Соқи билан онаси
Боришибди меҳмонга.
Соқижон қўл узатди,
Уялиб, аста нонга.
Олма ва анорлардан
Секин ея бошлади.
Конфетга термулганча,
Бошин узоқ қашлади.
— Тилинг бор-ку, айт, болам,
Бунча бўласан,тихир.
Қўл узатма мевага,
Меҳмондамиз бил,ахир.
— Одобсизлик қилмадим,
Ойи, оғритманг дилим.
Қанча қилдим ҳаракат,
Нетай етмади тилим?..

***

БАҲОНАЧИ



—  Йиртилибди, пайпоғинг
Она қизим, Анорхол.
Чамаси беш кун олдин,
Айтган эдим, тикиб ол.
—  Ойи, айб менда эмас,
Игна чарчаб, толибди.
Тикиб олайин десам,
Ўтмас бўлиб қолибди.

✍️ Эъзозахон Алимова

***

ИЛҲОМ КЕРАКМИШ…
(Бир қизалоқ тилидан)



Хаёлпараст бўпқолди,
Негадир акам Дилшод.
Аён бўлди сўнг билсам,
Қилаяптикан ижод.
Шеърлар ёзар ўзича,
Ўқиб берар барчага.
Қойил қолдириб кеча,
Шеър битибди арчага.
Лекин жуда ҳайронман,
Акамнинг бу ишига.
Ёки безовта қилиб,
Шеър кирарми тушига?
“Илҳом керакдир” дея,
Қарар ёзган ишига.
Қўшни Илҳом не керак
Акам шеър ёзишига?..

✍️ Эъзозахон Алимова

***

O’ZBEKISTONIM



Do’stlar mening yurtimni,
O’zbekiston deydilar.
Dong’i tutgan dunyoni,
Bog’i-bo’ston deydilar.
Bog’chalarda mevalar
Sharbat bo’lib pishadi.
Uzum, olcha, behilar,
Yo’lingizga tushadi.

***

“Qay birin?” (She’r


Kimni yaxshi ko‘rasan?
Dadang, Oying – qay birin?
Deb Azizdan so‘rasang,
O‘zin sezar noo‘rin.

Javob topa olmasdan,
Tishlar bitta barmoqni.
Lekin Aziz bexosdan,
Yechdi ushbu jumboqni.

Barmog‘ini aslida,
Nega tishlagan deysiz?,
Qay biri tishlansada,
Og‘riydi axir, esiz!”.

Аbdulla Pulatov

***

“Kitobni qo‘lga olib” (She’r)


«Yotsam  – qo‘yib boshimga,
Kitobni – yostiq qilib,
Kitobdagi – ilmga,
Boshim – qolsaydi to‘lib.

Baribir – bu ishimdan,
Natija – bo‘lmaydi hech.
Burilish – yasay unda
Bo‘lmay turib – yana kech.
                             
Kitobni – qo‘lga olib,
O‘qiyman – endi qalbdan.
Bilimda – bo‘lay g‘olib,
Tahsin eshitib – xalqdan!».

***

KO’RKAM BOG’


Buvam, buvim tog’ bo’lsin, 
Dadam, oyim sog’ bo’lsin, 
Bizning mudom ko’nglimiz, 
Ular bilan chog’ bo’lsin. 

Uyimizda bordir fayz, 
Hech qachon qilmaymiz arz. 
Ertak, rivoyat tinglab, 
Vaqtida qilamiz dars. 

Hikmatdir ular so’zi, 
Shodlikdan quvnar ko’zi. 
Ikki qilmaymiz hech vaqt, 
Ularning aytgan so’zin. 

Buvam, buvim sochi oq, 
Dadam, oyim ko’ngli tog’. 
Bizning katta oilamiz, 
Xo’p chiroyli ko’rkam bog’.

RO‘ZIMUROD BOLQIYEV 
   Mirzacho‘l tumani

***

JAJJI ASKARLAR

Bir, ikki, bir, ikki, 
Qadam tashlaymiz. 
Safda baralla, 
Qo’shiq boshlaymiz. 

Biz jajj askar, 
Safdamiz inoq. 
Ona yurt madhin, 
Kuylaymiz quvnoq. 

Bir, ikki, bir, ikki, 
Qadamlar shaxdam. 
Har kun mashq qilib, 
Bo’lamiz bardam. 

O’sib, ulg’ayib, 
Kuchga to’lamiz. 
Yillar o’tib biz, 
Askar bo’lamiz.

RO‘ZIMUROD BOLQIYEV 
   Mirzacho‘l tumani

1 thought on “bolalar uchun ajoyib sherlar to’plami, Biz baxtiyor bolamiz, Kamalak

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan