HARFLARGA OID QISQA SHE’RLAR

      HARFLARGA OID QISQA SHE’RLAR ga fikr bildirilmagan.

​​ALIFBEDAGI HARFLARGA OID QISQA SHE’RLAR TO‘PLAMINI BIR SAHIFAGA JOYLADIK, HARFLAR BU BILIM OLISHGA QO‘YILADIGAN BIRINCHI QADAM HISOBLANADI.



“A” harfi


Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!


“B” harfi



Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!


“D” harfi



Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!


“E” harfi



Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.


“F” harfi



Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.


“G” harfi



Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!


“H” harfi



Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt


“I” harfi



Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.


“J” harfi



Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.


“K” harfi



Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.


“L» harfi



Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.


“M” harfi



Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.


“N” harfi



Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.


“O” harfi



Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.


“Y” harfi



Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.


“P” harfi



Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!


“Q” harfi



Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.


“R” harfi



Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston


“S” harfi



Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor


“T” harfi



To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.

harflarga qisqa she rlar,

https://sherlari.uz/category/sherlar/ sherlar olami,


“U” harfi



Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.



“V” harfi


Vatanim, volidam vatanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.


“X” harfi


Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.



“Z” harfi



Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.



“O’ » harfi



O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.



“G’ «harfi



Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.



“Ch” harfi



Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.

harflarga qisqa sherlar,

“Sh” harfi



Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.



“Ng” harfi



Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.



“ ’ “ tutuq belgisi



Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan