Kitob haqida sherlar to‘plami
Kitob sherlar
OʻQILMAGAN KITOB
Ha, men o‘sha do‘stingiz,
Bilimga boy kitobman.
Meni o‘qimasangiz,
Bulut to‘sgan oftobman.
Betlarim yirtib olib,
“Samolyot” yasadingiz.
Ichiga xatlar yozib,
So‘ng chizib tashladingiz.
Turfa ma’lumot menda,
Nahot hecham qadrim yo‘q?!
Tashlab ketmasman yo‘lda
Hoy, ko‘nglingiz bo‘lsin to‘q!
Qo‘lga olar meni deb,
Kutyapman bilimdonni.
Ilm berish g‘amin yeb,
Sevdiray kitobxonni.
Menda ko‘pdir ezgulik,
To‘g‘ri yo‘lga boshlayman.
Kitobsevar bolaga
Ham ko‘z-u ham qoshdayman.
O‘qing, uqing, izlaning!
Kelajakka xitobman!
Nur-ziyoga boy bo‘lgan,
O‘qilmagan kitobman.
© Mohinur FARMONOVA,
Buxoro viloyati, Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf
📚 Bolaga kitob bering!
Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!.
Qingʻir yoʻlga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!.
Internet-degan ajdar,
Goh undan oqar zahar,
Dod-demay, roʻzi mahshar,
Bolaga kitob bering!.
Kel! – diya, imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming, ming astagʻfirulloh,
Bolaga kitob bering!.
Koʻzi ochiq koʻrmasdan,
Shayton yoʻldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!.
Koʻkrak kerib yurganlar,
Koʻrkam saroy qurganlar,
Ne beray, deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
“Lison ut tayir”larim,
Yurakka sayrlarim,
Avliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!.
Koʻzlarni ochish kerak,
Gʻaflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Dersiz: “Pul yigʻish kerak,
Oltinu, kumush kerak”,
Xudodan qoʻrqish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Gullar quchib yurganlar,
Gulsaroylar qurganlar,
Ne beray-deb, tuganlar,
Bolaga kitob bering!.
Xazinai jahon u,
Kichik Abu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!.
Buxoriy-sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
Mahmud Zamaxsharim u,
Bolaga kitob bering!.
Keskir qilich boʻlsin u,
Kitobga oʻch boʻlsin u,
Yengilmas kuch boʻlsin u,
Bolaga kitob bering!.
Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxti boʻlsin, kulsin u,
Bolaga kitob bering!.
📚Kutubxonachi
Kutubxonachi opa
biz kelsak kitob topar.
Ilm oling, o’qing der,
Va bilimdon bo’ling der.
🎓 Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar uluhlarning ziyosi.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aklu, idrok, farosatdan dars berding.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maksadga.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin,
Vatanimiz shonu shuxratga tulsin!!!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Muqaddas kitob
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Amu bilan Sirdaryodan
Kamol topgan o‘zbekmiz.
O‘z erkiga, huquqiga
Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Xalqim diliga yog’du,
Sochar misoli oftob.
Qonunlar majmuasi,
Muqaddas, ezgu kitob!
KITOB O’QI
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Jonim bolam kitob o’qi,
Bulsang xamki betob, o’qi,
Erta dema shu tob o’qi,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Qalbing bo’lmas betob, o’qi.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ko’zlaringga nurdir kitob,
Qalb gavxari -durdir kitob,
Multfilmdan zo’rdir kitob,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Berar senga odob o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Yaxshi inson bo’lay desang,
El yurtingni sevay desang,
Iymon bilan to’lay desang,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Kitob misli oftob, o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Jaxolatning yo’lin to’sar,
Xar illat ildizin kesar,
Ong –shu’uring baland o’sar,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Yuk dema, izla, top o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ko’ngil uying xush bo’ladi,
Tole senga esh bo’ladi,
Xamma ishing «5»bo’ladi,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Kitob dilga oftob o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Tarixingga qaray desang,
El koringa yaray desang,
Qalbga ziyo taray desang,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Senga bersin insof, o’qi
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Davralarda so’zing o’tar,
Mushkul ishing tezda bitar,
Xalqing seni aziz tutar,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Xijjalama shitob o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Kamlik, ko’stlik ko’rmay desang,
Yomon bilan yurmay desang,
Eng orqada qolmay desang,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Senga berar odob o’qi!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Tushmaysan «ovchi»domiga
Jaxolat tortmas komiga
Dog tushmas yurting nomiga,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Sanama, bexisob o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qalb uying obod bo’ladi,
Razolat barbor bo’ladi,
Xamma sendan shod bo’ladi,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Kitobdadir odob o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Keksayganda ko’zing o’tmas,
Ko’zing o’tsa, kuching yetmas,
Afsus nadomating bitmas,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Saralab, toza -sof o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Yaxshi kitob -misli oftob,
Davolaydi bo’lsang betob,
Yurtboshimiz qildi xitob,
Kitob o’qi, kitob o’qi,
Umring qilma isrof,o’qi !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
✍️ Qosimova Muxarram
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Boshqalarga ham ulashing