Navro‘z keldi azizlar, sherlar to‘plami

navroʻz haqida sheʼrlar

Yangilanish va yosharish bayrami Navroʻz ayyomi muborak boʻlsin! Navroʻz bu – goʻzallikdir. Goʻzallik esa navrõz haqida sherlar, undan esa olamga, zaminga koʻchadi. Uyingiz hamisha xursandchilikka toʻlsin! Navroʻzingiz qutlugʻ boʻlsin!!!!

Navro’z keldi azizlar!



Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga,
Gullar olib qo’llarga,
Navro’z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin,
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar.

🌻🌼🌻🌼🌻🌼🌻🌼🌻🌼🌻🌼

🌿NAVRO’Z🌻🌼



Milliylikdan darak, beradi asli,
Betakror, begʻubor navbahor fasli,
Bezangan, yasangan, kelinchak misli,
YANGI KUN uyg’onish Navro’z muborak!!!🌼

Ko’klam go’zalligin kuylaydi  hofiz,
Gul-lolalar alvon ochildi nafis,
Hidlarin taratdi mast qilib yalpiz,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!🌼

Ko’klamoy sogʻindim sumalagingni,
Yetti xil tovlangan kamalagingni,
Qizlar sochidagi jamalagingni,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!🌼

Navro’z barchamizga muborak bo’lsin,
Qalbimiz mehrga limmo-lim to’lsin,
O’zbegim bayrami muborak bo’lsin,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO’Z muborak!!! 🌼



Bog’lar-daraxtlarniki,
Tog’lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.

Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida,
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.

Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.

Navro’zim

Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar kular,
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Ostonaga bosh ur, aziz mehmonim!
Navro’zing muborak, O’zbekistonim!

Navro’zi olam barchamizga muborak

bo’lsin!

Navroʻzi Olam bayrami muborak bo’lsin,
Butun Jahon go’zalligu iforga to’lsin.
Barq urib ochilsin gullar, tikonlar so’lsin,
Bug’doy undirib onalar sumalak solsin.

Ko’kka yetkazdi Olloh, shukurlar bo’lsin,
Dasturxonlar nozu ne’matga to’lsin,
Do’stu yor yashnasin, g’animlar so’lsin,
Har bir qalbga Yaratgan mehrlar solsin.😊

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan