O‘ynab o‘rganish
Hayotga tayyorgarlik
Kattalar mehnati bilan tanishish
salomatlik
Tasavvur
Nutqning rivojlanishi
Aqliy rivojlanish
Iqtidor va qobiliyatning namoyon bo‘lishi
Diqqat,xotiraning mustahkamlanishi
Olamni bilish
O‘yin turlari:
1.Xarakatli o‘yinlar: bolalarda sezgirlik, ildamlik, chaqqonlik, ishora va qoidalarga amal qilish, epchillik, intilish, hamjixatlilik, o‘zaro yordam berish, qayg‘urish, xushchaqchaqlik, chamalash, mo‘ljalga olishga o‘rgatadi.
2.Tinch o‘yin: bu o‘yin turi bolalar harakatli o‘yinlardan olgan energiyani pasaytiradi va yurak –qon tomirlarini harakatini me’yor holatiga olib keladi. Harakatli o‘yinlardan keyin albatta tinch o‘yin berish lozim. Bundan tashqari xotira va nutqlarini rivojlantirish maqsadida qator so‘z o‘yinlari ham tinch o‘yinlarga kiradi.
3.Ta’limiy o‘yin: Bolalarda eshitish,ko‘rish,sezish a’zolari orqali turli narsa va buyumlarni xossalarini bilishga,ularni taqqoslashga, sinchiklab o‘rganish,umumlashtirishga, guruxlarga ajratish, kuzatuvchanlik, zukko, bilimdon, mustaqil, dono bo‘lishga, narsa va xodisalarni taxlil qila olishga, xulosa chiqarishga o‘rgatadi.O‘z nomidan kelib chiqib ta’lim beradi.
4.Mazmunli –qoidali o‘yinlar(Syujetli-rolli o‘yinlar): ijtimoiy hayotga tayyorlaydi, muloqotga kirishishni o‘rgatadi,kattalar mehnati bilan tanishtiradi, dunyoni anglaydi.
5.Rivojlantiruvchi o‘yinlar: Bolalarning aqlini peshlaydi, o‘ylashga, ijod va ixtiro qilishga o‘rgatadi.
O‘yinning afzalliklari
Bolani ovutadi
Vaqt bekorga o‘tmaydi
Bilim beradi
Tarbiya vositasi
Kasblarga qiziqish uyg‘otadi
Salomatlikni kafolatlaydi
Muloqotga kirishadi
Nutqini rivojlantiradi
Lug‘at boyligini oshiradi.
Mayishiy hayot bilan tanishadi
Buyum va jihozlardan foydalanishni o‘rgatadi
Mehrni tarbiyalaydi
Milliy urf-odatlarni o‘rgatadi
Savollar
1.Harakatli o‘yinlarga misol keltiring (“Qoch bolam qush keldi”, ”Bekinmachoq” )
- Qaysi o‘yin turi bolaning aqliy rivojlanishiga qaratilgan? (Ta’limiy o‘yinlar)
- Berilgan bilimni mustahkamlashga qanday o‘yinlar olinadi?( barcha turdagi o‘yinlar)
- Mazmunli –qoidali o‘yinlar bolalarda qanday qiziqishlarni tarbiyalaydi (Kattalar mehnatiga bo‘lgan qiziqishni)
- Bolalar hayotida o‘yin qanday o‘rinni egallaydi. (Asosiy )
Guruhlarda “O‘yin ning bola hayotidagi o‘rni ” mavzusidagi o‘rganish uchun savollar.
1.Guruxlardagi o‘yin burchaklarining mavjudligi
2.O‘yin burchaklaridagi jihozlarning ahvoli
3.O‘yin va o‘yinchoqlarning bola yoshiga mosligi
4.Ertalabki soat o‘yinlarning rejalashtirilishi
5.Mashgulotlarda o‘yinlarning rejalashtirilishi
6.Sayrlarda o‘yinlarning rejalashtirilishi
7.Kechki soatlarda o‘yinlarning rejalashtirilishi
8.O‘yinlarning maqsadga yo‘naltirilganligi
9.Mashg‘ulotlarda o‘yin faoliyatidan foydalanilishi
10.O‘yin faoliyatini tashkil etishda tarbiyachining faolligi




















