🏖 Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar har yili 12 kunga dam olish maskanlariga yuboriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi.
🗓 Unga ko‘ra, dam olish maskanlariga yo‘llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartib asosida amalga oshiriladi.
Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari va ilg‘or pedagoglar uchun – sentyabr-may oylarida;
🔹 iqtidorli o‘quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.
Har bir hududda dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.
✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o‘quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.
Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg‘or pedagoglar tanlab olinadi:
▪️ xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
▪️ o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
▪️ respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.
Belgilangan mezonlar bo‘yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo‘llanmalar beriladi.