TA’TIL TOPSHIRIQLARI 1-SINF UCHUN
Har kuni 1 ta ertak o’qish va mazmunini oila a’zolariga aytib berish.
Har kuni 20 ta misol va 5 ta masala tuzib yechish.
Har kuni 5 ta gapli matn yozish. Husnixat bilan.
Har kuni rasm chizish yoki tayyor rasmlarni bo’yash.
Har kuni shashka yoki shaxmat o’ynash.
Har kuni sport bilan shug’ullanish.
10 ta she’r yod olish
Oila a’zolari bilan sayohatga borish va shu haqida hikoya yozish (1 marta)
Har kuni 1 soat qiziqarli ertak kitoblarni o’qish .
Har kuni ota –onasiga uy ishlarida yordam berish.
Har kuni oila a’zolari bilan chiroyli muomalada bo’lish.
Har kuni yoz kunlari tabiatni tomosha qilish va bu haqida rasmlar chizish.
(Eslatma:1 ta katak va 1 ta kichik yo’l daftarga chiroyli bajaring. Yangi o’quv yilida topshiriq daftarini olib kelasiz. Eng zor bajargan o’quvchilar taqdirlanadi.)
Ota-onalarga eslatma:Hurmatli aziz ota –onalar bu topshiriqlarni kunda bajarishda farzandingizga yordam bering va nazorat qilib boring. To’g’ri kun tartibi va sog’lom ovqatlanishini ta’minlang. Farzandingiz olloh bergan eng aziz va buyuk ne’mat uni qadrlab mehr ko’rsating, har bir ishini rag’batlantirib boring. Tarbiya oilada shakllanadi o’zingiz namuna bo’lib kunda 2 bet kitob o’qib ,farzandingizni kitobga do’st bo’lishini ta’minlang. 3- oy eng aziz va a’lochi o’quvchimni erishgan bilimlari sizga omonat , iltimos unga yordam bering 1 yil olgan bilimlari pastlab ketmasin. O’z vaqtida dam olishi va vazifalarni bajarishida onalari yordam bersinlar. Mening o’quvchim juda intiluvchan va bilimli , kelajakda umidlarim katta , u bilan faxrlaning. Sizni farzandingizni tengi yo’q. Imkoniyatingiz darajasida kitoblar sovg’a qiling . Sovg’a olgan farzand albatta , sovg’a berishni o’rganadi. Texnika va yo’l qoidalari xavfsizligi , yolg’iz qoldirmaslikkka alohida e’tibor bering. Farzandlarimiz bizning kelajagimiz ularni asrang. Sizga hurmat bilan ishonib sinf rahbari: Murtazayeva Mahbubaxon.



















